DIQQAT E'LON!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabr “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risida”gi 775-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizom ning 71-bandiga asosan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida o‘qishga kirish istagini bildirgan, tegishliligicha muhandislik-texnik ta’lim yo‘nalishlari mavjud bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining uchinchi bosqichini tamomlagan talabalardan 5 ta fandan iborat majmua bo‘yicha test sinovlari topshirishlari belgilab berilgan. Shundan kelib chiqib, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida tayyorlanadigan kadrlarning tayanch bilimlarga ega bo‘lishlari va kelgusida institut tomonidan o‘qitiladigan fanlarni erkin o‘zlashtira olishlarini hisobga olish nuqtai-nazaridan nomzodlar uchun test sinovlari topshirishlarini ishlab chiqish maqsadida quyidagi fanlar majmuasi belgilab olindi:

    Oliy ta’lim dasturlari asosida:

  1. Dasturlash;
  2. O‘zbekiston tarixi.

    Umumiy o‘rta ta’lim dasturlari asosida:

  1. Matematika;
  2. Fizika (Elektromagnetizm);
  3. Ingliz tili (B1);

Bizning telegram sahifamiz!